IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLADI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida ta'lim samaradorligini oshirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir avlodni tarbiyalashga qaratilgani alohida aytib o’tildi.
Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar ayni vazifani bajarishda tizimda lokomotiv boʻlib, ularning tajribasi soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yigʻilish davomida tashkiliy masalalar, Agentlik faoliyati, tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qitish samaradorligi tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra tayinlangan Agentlik direktori o‘rinbosari, Agentlik direktorining tegishli buyrugʻiga koʻra tayinlangan Fan